Uy boshqaruvi — bitta bog‘langan tizimda

To‘lovlar, murojaatlar, xodimlar va bajarilgan ishlarni bir joydan boshqaring. Aholi xizmatlardan oson foydalanadi, jamoa esa nima qilish kerakligini aniq ko‘radi.

Aholi, xodimlar va boshqaruv — bir tizimda

Har kim o‘ziga kerakli ma’lumotni ko‘radi, barcha harakatlar esa bitta boshqaruv jarayonida bog‘lanadi.

Aholi uchun tushunarli va qulay xizmat

Uy egasi qarzdorlikni ko‘radi, to‘lov qiladi va uyda bajarilgan ishlarni kuzatadi.

  • Qarzdorlik va to‘lov tarixi
  • Click yoki Payme orqali to‘lov
  • Murojaatlar va bajarilgan ishlar

Yunusobod 12-uy · 42-xonadon

To‘lash kerak

To‘lash kerak

480 000

so‘m · 3 oy uchun

To‘lash

So‘nggi ishlar

Podyezd tozalandi3-podyezd · bugunYopildi
Lift ko‘rigi3-podyezd · davom etmoqdaJarayonda
Hovli supurildi2-podyezd · kechaYopildi
AsosiyIshlarTo‘lovlarSozlamalar

Xodim uchun aniq kundalik ish jarayoni

Xodim biriktirilgan vazifalarni ko‘radi, ish holatini yangilaydi va natijani surat bilan qayd etadi.

  • Biriktirilgan vazifalar
  • Ish holati va muddatlari
  • Oldin va keyin suratlari

Xodim

Bugungi vazifalar

Zinapoya chirog‘i2-podyezd · 4-qavatJarayonda
Hovli supurishYunusobod 12-uyYopildi
Domofon ta’miri5-podyezd · 1-qavatYopildi
VazifalarTarixSozlamalar

Kompaniya uchun to‘liq boshqaruv

Rahbar uylar, yig‘im, qarzdorlar, xodimlar va bajarilayotgan ishlarni bitta paneldan nazorat qiladi.

  • Uylar va podyezdlar holati
  • Yig‘im va qarzdorlar
  • Jamoa, ishlar va hisobotlar

Podyezdlar bo‘yicha

Yig‘im holati

Podyezdlar bo‘yichaIyul

Qarzdorlar

1-podyezdQarzdorlar4
4-podyezdQarzdorlar2
6-podyezdQarzdorlar7
PanelQarzdorlarIshlarHisobot

Obod Uyim amalda qanday ishlaydi?

Kompaniyani tizimga kiritishdan boshlab kundalik nazoratgacha bo‘lgan jarayon.

  1. 1

    Kompaniya va uylarni qo‘shamiz

    Kompaniya, uylar, podyezdlar va xonadonlar haqidagi asosiy ma’lumotlarni tizimga kiritamiz.

  2. 2

    Ish jarayonini sozlaymiz

    Xodimlar, vazifalar, tariflar va kompaniyaning amaldagi boshqaruv tartibini birga moslaymiz.

  3. 3

    To‘lov va murojaatlar keladi

    Aholi Telegram orqali qarzdorlikni ko‘radi, to‘lov qiladi va murojaat yuboradi; kompaniya zarur ma’lumotni qo‘lda ham kiritishi mumkin.

  4. 4

    Natijalarni boshqarasiz

    Yig‘im, qarzdorlik, xodimlar, murojaatlar va bajarilgan ishlar holatini paneldan kuzatasiz.

Boshqaruvdagi uchta asosiy natija

Alohida vositalar va tarqoq ma’lumot o‘rniga — kundalik boshqaruv uchun bitta aniq tizim.

Boshqaruv doim nazoratda

Uylar, to‘lovlar, qarzdorlik va faoliyat bo‘yicha muhim ma’lumotlar bir panelda jamlanadi.

  • Uylar va podyezdlar
  • Yig‘im va qarzdorlik
  • Hisobotlar

Aholi uchun qulay tajriba

Uy egasi Telegram orqali qarzini ko‘radi, to‘lov qiladi, murojaat yuboradi va ishlar natijasini kuzatadi.

  • Click va Payme
  • Murojaatlar
  • Bildirishnomalar

Ishlar tartibli bajariladi

Vazifalar xodimlarga biriktiriladi, holati kuzatiladi va bajarilgan natija suratlar bilan qayd etiladi.

  • Vazifalar
  • Xodimlar
  • Ish suratlari

Biznesingizga mos taklif

Narx uylar soni, boshqaruv jarayoni, ish ko‘lami va kerakli imkoniyatlarga qarab shakllanadi.

  • Kerakli imkoniyatlarni birga tanlaymiz
  • Tizimni ish jarayoningizga moslaymiz
  • Joriy etish va ishga tushirishda yordam beramiz
Taklif olish

Ko‘p so‘raladigan savollar

Uy boshqaruvini bitta bog‘langan tizimga olib keling

Ish jarayoningizni muhokama qilamiz va kompaniyangiz uchun to‘g‘ri yechimni birga tanlaymiz.